Diplomatlar bir guruh o‘zbekistonliklarga Saudiya Arabistonidan qaytishga yordam berdi
Jabrlanuvchilar o‘zlari ishlaydigan kompaniya muntazam ravishda to‘lovlarni kechiktirgani uchun mutaxassislarga murojaat qilgan.

Saudiya Arabistonidan bir guruh vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi Qurilish kompaniyasi tomonidan ish haqlari muntazam ravishda kechiktirilgan bir guruh vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat Bosh konsulxonasiga 19 nafar o‘zbekistonlikdan shikoyat kelib tushgan bo‘lib, ular sanoat majmuasi qurilishida ishtirok etayotgan qurilish kompaniyasi tomonidan oylik maoshlari to‘lanmayotganini ma’lum qilgan. Natijada mutaxassislar vaziyatni o‘rganish uchun Rabiga yo‘l oldi va jabrlanganlar bilan suhbatlashdi.
Shundan so‘ng diplomatlar ish beruvchi kompaniya rahbariyati bilan ham muzokara o‘tkazdi. Mutaxassislar o‘zbekistonlik ishchilarga tegishli barcha moliyaviy masalalarni hal qilish bo‘yicha kelishib oldilar. Bundan tashqari, mutaxassislar o‘zbekistonliklarni ish beruvchi hisobidan vatanga qaytarishga kelishib oldi.
Avvalroq Pokistondan odam savdosi qurboni bo‘lgan qiz O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Diplomatlar tomonidan fuqaroga barcha hujjatlar taqdim etilib, Toshkentga uchish uchun aviachiptalar xarid qilindi.
Izohlar