O‘zbekistonliklar bir yilda yarim millionga yaqin avtomobil sotib oldi
Har sakkizinchi fuqaro avtomobil haydovchisi hisoblanadi.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 iyul holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4,612 mln dona avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etadi — umumiy hajmning 93 foizi. Avtomobillar soni 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 441,5 mingtaga oshgan.
Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining turlari bo‘yicha soni:
- yengil avtomobillar — 4 mln 289 ming;
- yuk avtomobillari — 302,6 ming dona;
- mikroavtobuslar – 7,7 mingta;
- maxsus transport vositalari — 7,3 ming;
- avtobuslar — 6,1 ming.
Avvalroq O‘zbekistonda avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga yangi band qo‘shmoqchi ekanliklari haqida xabar berilgan edi. Endi ishonchli vakil transportni xorijga olib chiqishi mumkin bo‘ladi.
Izohlar