Avto

“Chiroyli” avtoraqamlar endi o‘zbekistonliklarga belgilangan narxda taqdim etilmoqda

YHXX ilgari milliardlab so‘mga sotilgan avtoraqamlarning narxini ma’lum qildi.

Endilikda fuqarolar ilgari kimoshdi savdosida katta pulga sotilgan avtoraqamlarni qat’iy belgilangan narxda sotib olishlari mumkin bo‘ladi, deb xabar beradi YHXX matbuot xizmati.

O‘zbekistonliklar avtoraqamlarni Safe Road YHXX mobil ilovasi orqali xarid qilishlari mumkin bo‘ladi. Ilovada avval kimoshdi savdosiga qo‘yilgan va sotilmagan 1-3 toifadagi raqamlar mavjud. Qiymat jismoniy shaxslar uchun 7 mln so‘mni va yuridik shaxslar uchun 10,3 mln so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq O‘zbekistonda 1-oktyabrdan “chiroyli” raqamlar auksionda sotilmasligi haqida xabar berilgandi. Buning o‘rniga harf va raqamlarning buyurtma kombinatsiyalari bo‘lgan raqamlar fuqarolarga elektron murojaat asosida beriladi. 1 dan 3-gacha bo‘lgan toifa raqamlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri “O‘zavtomotobelgi”ga yagona oshirilgan to‘lov evaziga sotiladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная