Sport

Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi

Taekvondochi qoidabuzarliklarni tan oldi va qo‘llanilgan sanksiyalarga rozi bo‘ldi.

Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni Ulug‘bek Rashitov antidoping qoidalarini buzgani uchun ikki yilga musobaqalardan chetlashtirildi. Bu haqda Xalqaro doping-test agentligi (ITA) xabar berdi.

ITA bayonotiga ko‘ra, sportchi so‘nggi bir yil ichida uch marta o‘z joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish talablarini buzgan, bu esa antidoping kodeksini buzish sifatida baholanadi. Rashitov qonunbuzarlikni tan oldi va qo‘llanilgan sanksiyalarga rozi bo‘ldi. Diskvalifikatsiya muddati 2025-yil 13-maydan boshlanib, 2027-yil 12-maygacha davom etadi. Bundan tashqari, uning 2025-yil 3-fevraldan boshlab diskvalifikatsiya muddati boshlangunga qadar ko‘rsatgan barcha individual natijalari bekor qilinadi.

Qaror ustidan Sport arbitraj sudining (CAS) apellyatsiya bo‘limiga shikoyat qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Rashitov dunyoning eng yaxshi taekvondochisi deb topilgandi. Ikki karra Olimpiada chempioniga Gonkongda sovrin topshirildi. Ulug‘bek Rashitov 2021 va 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Rashitovning birinchi oltin medali O‘zbekiston tarixidagi birinchi oltin medal bo‘ldi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная