O‘zbekistonda bank kartalarini chiqarish va muomalasi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi, deyiladi Adliya vazirligi qarorida.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, 14 yoshdan boshlab kartani mustaqil ravishda rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi. 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onasidan birining yoki qonuniy vakilining yozma roziligi bilan karta olishlari mumkin. Hujjat bilan kartalarning ikkita yangi turi joriy etilmoqda:

  • ijtimoiy kartalar — muhtojlarga nafaqalar va moddiy yordam to‘lash uchun;
  • biznes-kartalar — yakka tartibdagi tadbirkorlarga va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga to‘lovlarni qabul qilish uchun beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda banklar ma’lumotlarni oshkor qilishdagi kamchiliklari uchun jazolangandi. Har bir muassasa 100 million so‘mdan ortiq jarima olgan.