O‘zbekistonda avtokreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalar ma’lum qilindi — MB reytingi
Markaziy bank fuqarolarning tanlovi haqida qayg‘urmoqda.

Markaziy bank O‘zbekistonda asosiy kredit stavkalari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Markaziy bankning ta’kidlashicha, bunday ma’lumotlar fuqarolar uchun turli banklarning takliflarini taqqoslash va eng maqbulini tanlash uchun muhimdir.
1-iyul holatiga ko‘ra, avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 24,1 foizni, mikroqarzlar bo‘yicha 34,9 foizni tashkil etdi. Mikroqarzlarni hisobga olmaganda, jismoniy shaxslar uchun barcha kreditlarning o‘rtacha stavkasi 23,7 foizni, yuridik shaxslar uchun esa 23 foizni tashkil etadi.
Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavkalar “Ipoteka-bank” (21,1%), Orient Finans Bank (21,3%) va Milliy bankda (23,5%) qayd etilgan. Eng ko‘p — “Hamkorbank” (29%), Madad Invest Bank va InfinBank (28% dan).
Mikroqarzlar bo‘yicha “Aloqabank” (21,4%), InfinBank (25,6%) va Milliy bankda (25,9%) eng maqbul takliflar mavjud. Eng qimmat mikroqarzlar Apexbank (40 foiz), TBC bank (39,1 foiz) va Tenge bank (39 foiz) ga to‘g‘ri keladi.
Izohlar