Pul

O‘qituvchilarning 1000 dollar maoshi haqiqatga aylandi — prezident

Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish bo‘yicha aytganlari uch yilda amalga oshganini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev 9-sentyabr kuni maktabgacha va maktab ta’limi tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Prezident o‘z malakasini oshirayotgan va bazaviy tarif stavkasiga 10 xildan ortiq ustama olishi mumkin bo‘lgan o‘qituvchilarning ish haqi oshganini ta’kidladi.

E’tibor bering, bugun o‘z ustida ishlagan 60 mingdan ortiq o‘qituvchi 10-12 million so‘m maosh olyapti. Bu qachon bo‘lgan? Joriy oydan boshlab maktab direktorlari, bog‘cha mudiralari va ularning o‘rinbosarlari oyligi ham 10 million so‘mdan oshdi.

Yangi baholash tizimiga o‘tgan 1,5 ming maktabning 300 tasi ijobiy natija ko‘rsatgani uchun butun jamoasi 40 foizgacha ustama oladi. Men xalqimizga vaqti kelib o‘qituvchilarning maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim mana uch yil ichida haqiqatga aylandi, — dedi davlat rahbari.

Mamlakatning kelgusi taraqqiyoti va kelajagi faqat ta’limga, o‘qituvchiga bog‘liq, dedi Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar uchun katta sharoitlar yaratilgani, bog‘cha va maktablar qurilib, jihozlanishi, chet ellik mutaxassislar jalb qilinishi, zamonaviy darsliklar va o‘quv dasturlari joriy etilishi va bu ishlar davom ettirilishini ta’kidladi.

Lekin har bir tuman, viloyat hokimi, biz farzandlarimizni ishonib topshirgan bog‘cha, maktab, texnikum, oliygoh rahbarlari bir haqiqatni aniq bilishi zarur. Odamlarimiz yaxshi yashashi uchun iqtisodiyotimiz kuchli bo‘lishi kerak! Buning uchun yangi tovar, yangi xizmat, yangi texnologiya kerak! Sifatli ta’lim tizimi orqaligina bularga erisha olamiz! Boshqa yo‘limiz yo‘q! Shu haqiqatni anglab, har kuni o‘zini qiynab ishlagan rahbarning tumanida, bog‘chasi, maktabi, texnikumi, oliygohida albatta o‘zgarish va natija bo‘ladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная