MB asosiy avtokreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalarni yangiladi
Yuridik shaxslar uchun kreditlar ancha arzonlashdi.

Markaziy bank O‘zbekistondagi asosiy avtokreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari haqida ma’lumot berdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 11 avgust holatiga ko‘ra, aholiga ajratilgan kreditlar (mikroqarzlardan tashqari) bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 24,1 foizni tashkil etdi — bu iyul oyi boshiga nisbatan 0,4 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, yuridik shaxslar uchun kreditlar sezilarli darajada arzonlashdi — 23 foizdan 22,2 foizgacha. Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 34,9 foizdan 36,3 foizga (+1,4 foiz) oshdi.
Iyul oyiga nisbatan 40 foiz va undan yuqori stavkada mikroqarz taklif etayotgan banklar soni 1 tadan 3 taga ko‘paygan. Yetakchi TBC bank — 41,9% (+2,8%), keyingi o‘rinlarda Apex bank 40,8% (+0,8%) va Anor bank 40% (+1,5%). Aloqabank`da mikroqarzlar bo‘yicha eng past stavkalar — 20,6 foiz — bu bir oy oldingiga nisbatan 0,8 foizga past.
Kuchli beshlikka quyidagilar ham kirdi:
- NBU 26%, (+0,1%);
- Orient Finans bank 26,6%, (+0,6%);
- Turonbank 26,7%, (-1,1%);
- Infinbank 27%, (+1,4%).
Bundan tashqari, avtokreditlar stavkalari 24,1% dan 23,7% gacha pasaydi. Eng qimmat avtokreditlar Hamkorbank (28%), Infinbank (28%) va Madad Invest Bank (27,9%) da. Eng past foizlar Ipoteka-bank`da (21,2%), Orient Finans bankda (21,8%) va Asia Alliance bankda (21,9%) qayd etilgan.
Mavzuga doir: Xatarlar va yashirin ortiqcha to‘lovlar: O‘zbekistonda muddatli to‘lov ortida nima yashiringan? Ba’zida nasiyaga tovar olish bo‘lib-bo‘lib to‘lashdan ko‘ra foydaliroq bo‘ladi.
Izohlar