Butun ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi Qozog‘iston janubi ustidagi baland siklon bilan bog‘liq salqin va nam havo massasi ta’sirida bo‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.

15-sentyabrda kunning birinchi yarmida Navoiy viloyatining shimolida, kechga tomon va ertaga kechasi va ertalab Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 16-sentyabr kuni kechqurun 19-sentyabr kuni ertalab vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ish haftasi davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 16-sentyabrda ayrim tog‘larda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yomg‘irning qorga aylanishi ehtimoldan xoli emas. Havo harorati asta-sekin pasayadi va hafta o‘rtasida 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.

19-sentyabrdan respublika hududidan salqin havo massasi chekina boshlaydi va harorat 2-3 darajaga ko‘tariladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkentda asosan yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat 15 sentyabr kechqurun, 16 sentyabr kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati: bugun 27-29°, 16-18 sentyabrda 20-25° gacha pasayadi, 19 sentyabrda esa 25-27° bo‘ladi.