O‘zbekiston

Yomg‘ir va kuchli shamol: 18-sentyabr uchun ob-havo haqida qisqacha

Tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

O‘zbekistonda 18-sentyabr kuni havo harorati pasayadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli shamol esadi, tog‘larda qor yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 12-14°, kunduzi 23-25° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Qashqadaryoda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
  • Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi;
  • Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda qorga aylanish ehtimoli bor. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная