27-noyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 3° sovuqqacha, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 14-19° iliq;
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 11-16° iliq;
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.






















