O‘zbekiston

Yog‘ingarchilik va kuchli changli shamol: 16-sentyabr uchun ob-havo

Tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

16-sentyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi, tog‘larda qor yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 15-17, kunduzi 23-25 daraja iliq bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi;
  • Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 22-27° bo‘ladi;
  • tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda qorga aylanish ehtimoli bor. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekiston hududi butun ish haftasi davomida salqin va nam havo massasi ta’sirida bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Sinoptiklar yomg‘ir va momaqaldiroqni va’da qilmoqda, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная