O‘zbekiston

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti davlat rahbariga mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

24-iyul kuni Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi, deya xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Mirziyoyev mamlakatlar o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga shaxsan katta hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, Putin davlat rahbariga mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

“Tavallud kuningiz munosabati bilan Sizni samimiy muborakbod etaman. Siz xalqingiz orasida va xalqaro maydonda yuksak obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgansiz. Sizning rahnamoligingizda O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidan ishonch bilan ilgarilamoqda, mintaqaviy va xalqaro masalalarda konstruktiv rol o‘ynamoqda. Siz shaxsan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shmoqdasiz. Biz, shubhasiz, Rossiya va O‘zbekistonning do‘st xalqlari farovonligi yo‘lida, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash manfaatlarini ko‘zlab, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha birgalikda ishlashda davom etamiz”, — deyiladi tabrik matnida.

Mavzuga doir: Prezidentlar nimalar haqida gaplashdi: Mirziyoyev Putin bilan qo‘ng‘iroqlashdi Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная