O‘zbekiston

Toshkentning bir tumani aholisi vaqtincha issiq suvsiz qoladi

Suv ta’minotidagi uzilish qozonxonadagi qurilish-montaj ishlari bilan bog‘liq.

Фото: ситуативное

4-avgust kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi issiq suv ta’minotidan qisman uziladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, quvur uchastkasini almashtirish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 09:00 dan 17:00 gacha IM-2 qozonxonasi faoliyati to‘xtatiladi.

“Ushbu ishlar doirasida teskari quvurni demontaj qilish, berkitmani o‘rnatish hamda diametri 400 mm bo‘lgan baypas (boruvchi va qaytuvchi quvurlar orasidagi ko‘prik)ni o‘rnatish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Issiqlik ta’minoti manbasining vaqtincha o‘chirilishi natijasida Qorasuv-1, Qorasuv-2, Qorasuv-3, Qorasuv-4, Qorasuv-6 mavzelari hamda Do‘rmon yo‘li ko‘chasida joylashgan obyektlar issiq suv ta’minotisiz qoladi.

Veolia Energy kompaniyasi keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная