Toshkentdan Urganchga uchgan ikkita samolyot qalin tuman tufayli Nukusdagi muqobil aerodromga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Новости ташкентского неба”.
Centrum air aviakompaniyasining C689 yo‘lovchi reysi va Uzbekistan airways aviakompaniyasining Toshkent-Urganch yo‘nalishidagi HY-051 yo‘lovchi reysi Nukusdagi muqobil aerodromga jo‘nab ketdi. Ekipajlar belgilangan aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti — o‘ta sovuq tuman, ko‘rish masofasi 200 metr bo‘lganligi sababli ketishga qaror qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, talabalar poyezd va samolyot chiptalarini ikki baravar arzonroq sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan chegirmalar joriy etildi. Poyezdlarga chiptalarni 12-yanvargacha olish mumkin, chegirma barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlariga (SV/VIP sinfidagi vagonlar va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdidan tashqari) amal qiladi.





















