Salqin va quruq: 28-noyabr uchun ob-havo
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

28-noyabr kuni O‘zbekistonda salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 3-5, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Harorat 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
Izohlar