Urganchga ikkita reys qalin tuman tufayli Buxorodagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi, deb xabar bermoqda “Новости ташкентского неба”.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva—Urganch yo‘nalishi bo‘yicha HY9616 yo‘lovchi reysi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha HY51 yo‘lovchi reysi Buxorodagi zaxira aeroportiga jo‘nab ketdi. Ekipajlar belgilangan aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti — tuman, ko‘rish masofasi 100 m bo‘lgani sababli ketishga qaror qilishdi.























