Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar quriladigan sana ma’lum qilindi
Moliyalashtirish uchun mablag‘ni xalqaro institut ajratadi.

“Toshkent—Samarqand” va “Toshkent—Andijon” pulli yo‘llari 2026-yilda qurila boshlanadi, bu 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan Fiskal strategiyadan kelib chiqadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihalar xalqaro avtomagistrallarning holatini yaxshilash, shuningdek, ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga qaratilgan kompleks dastur doirasida amalga oshirilmoqda. Qayd etilishicha, qurilish ishlari ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Bundan tashqari, “Toshkent —Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezdlar uchun qo‘shimcha yangi temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini boshlash, shuningdek, “Nukus—Miskin—Urganch—Buxoro” yangi tezyurar temir yo‘l liniyasini foydalanishga topshirish va yangi tezyurar poyezdlarning muntazam qatnovini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish rejalashtirilgan.
Avvalroq Janubiy Koreya Toshkentdan Andijonga pulli yo‘l qurishda yordam berishi mumkinligi xabar qilingandi. Ikki mamlakat vakillari O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan Koreya texnologiyalarini joriy etish imkoniyatlarini muhokama qilgan.
Izohlar