O‘zbekiston

Toshkentdagi ko‘chalardan biri yopildi — xarita

Yo‘l yopilishi ba’zi avtobuslarning yo‘nalishini ham o‘zgartirdi.

Toshkentning Sergeli tumanidagi ko‘chalardan biri to‘sib qo‘yildi, bu esa ayrim avtobuslar yo‘nalishini ham o‘zgartirdi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Veolia Energy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, diametri 325 mm va umumiy uzunligi 1000 metr bo‘lgan issiqlik tarmoqlarini almashtirish munosabati bilan 2-15-oktyabr kunlari Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasi vaqtincha yopiladi. Shu munosabat bilan quyidagi avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartiriladi:

  • 61-yo‘nalish — Banokatiy, Aliyev, Temiryo‘lchilar, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari bo‘ylab;
  • 106-yo‘nalish — Sariko‘l, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari bo‘ylab;
  • 40-yo‘nalish — Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston, Toshkent vokzali, Temiryo‘lchilar, Banokatiy ko‘chalari bo‘ylab HET zavodi bekatigacha;
  • 66-yo‘nalish — Qumariq, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-mart, Eski Sariko‘l, Yangi Zamon, Sariko‘l, Banokatiy ko‘chalari bo‘ylab HET zavodi bekatigacha;
  • 52-yo‘nalish — Lokomotiv ko‘chasi va Toshkent vokzali bekatlari oralig‘ida.

Ta’mirlash ishlari davrida transport harakati qiyinlashishi mumkin. Zarur hollarda yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная