O‘zbekiston

Toshkentda Rossiya oliy o‘quv yurtlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

40 dan ortiq universitetlar o‘quv dasturlari va qabul shartlarini taqdim etadi.

Фото: ситуативное

2025-yil 19–20-sentyabr kunlari Toshkentda “Rossiya ta’limi. Toshkent — 2025” nomli xalqaro ta’lim ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi. Tadbirda maktab o‘quvchilari, talabalar, ota-onalar va pedagoglar ishtirok etadi.

Rossiyaning 40 dan ortiq universitetlari o‘z dasturlarini taqdim etib, qabul komissiyalari va xalqaro bo‘limlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazadi. Ular Rossiya hukumati kvotasi va boshqa qabul shakllari bo‘yicha o‘qishga kirish, stipendiya olish va yotoqxonalarda yashash shartlari, Rossiyadagi talabalar hayotining o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘zlab berishadi.

Mutaxassislar kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maslahatlar beradi, akademik mobillik va olimpiadalarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida ma’lumot beradi. Tashkilotchilar tibbiyot, IT, muhandislik, agrotexnologiyalar, madaniyat va dizayn sohalaridagi ta’lim yo‘nalishlarini taqdim etadi. Unda bakalavriat, magistratura va aspirantura dasturlari namoyish etiladi.

Manzil: Toshkent shahridagi MGIMO filiali (Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasi, 47-uy) soat 11:00 dan 18:00 gacha.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная