Toshkentda issiqlik tarmoqlaridagi sinovlar tufayli issiq suv bosimi vaqtincha pasaytiriladi
Veolia Energy Tashkent tungi ishlar poytaxtning bir nechta tumanlariga ta’sir qilishi haqida ogohlantirdi.

Toshkentning ayrim hududlarida sentyabr oyida issiq suv bosimining qisqa muddatli pasayishi kutilmoqda. Veolia Energy Tashkent kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, bu issiqlik tarmoqlarini rejali sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq.
Ishlar tungi vaqtda olib boriladi va quyidagi hududlarga ta’sir qiladi:
11 va 18-sentyabr kunlari — Amir Temur shoh ko‘chasi, Ahmad Donish va Shahriston ko‘chalari hamda Yunusobodning 1-19 mavzelari;
11 va 19-sentyabr kunlari — Bunyodkor shohko‘chasi, Navoiy, Beruniy, Qoratosh, Afrosiyob, Samarqand darvoza ko‘chalari, Chorsu maydoni, Chorsu va Olmazor mavzelari, shuningdek, S-10-14, 26-28 va B-1-3 mavzelari.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, bosimning pasayishi vaqtinchalik bo‘lib, faqat issiqlik tarmoqlari holatini texnik tekshirish bilan bog‘liq.
Ko‘rsatilgan sanalarda issiqlik tarmoqlarini zichlash (mustahkamlik va zichlikka sinash) ishlari amalga oshiriladi. Ishlar tungi soat 00:00 dan 06:00 gacha amalga oshiriladi. Sinov davrida issiqlik punktlari vaqtincha o‘chiriladi, biroq iste’molchilar uchun issiq suv ta’minoti saqlanib qoladi, suv bosimi qisqa muddatga pasayishi mumkin, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentda issiqlik tarmoqlari sinovdan o‘tkazilishi va iste’molchilarda issiq suv harorati vaqtincha pasayishi mumkinligi xabar qilingandi.
Izohlar