O‘zbekiston

Toshkentda ikki tuman aholisi gazsiz qoldi

Ta’minot kechga yaqin tiklanadi.

20-sentyabr kuni Toshkentning ikki tumanida gaz qisman o‘chirildi, deya xabar bermoqda Hududgaz Poytaxt matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Shu sababli quyidagilar gazsiz qoldirildi:

  • Bektemir tumani, soat 10:00 dan 17:00 gacha: Zabardast mahallasi;
  • Chilonzor tumani, soat 10:00 dan 20:00 gacha: “Katta Olmazor” mahallasi, Alisher Navoiy ko‘chasi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

Avvalroq Toshkent viloyatida aholi milliardlab so‘mlik gazni noqonuniy sarflagani haqida xabar berilgandi. Jinoyatchilardan biri uyida novvoyxona ochishga qaror qilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная