O‘zbekiston

Toshkentda farmatsevtika instituti o‘rnida mehmonxona va avtoturargoh qurilishi mumkin

OTMni Toshkent viloyatiga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.

Toshkent farmatsevtika instituti Toshkent viloyatiga ko‘chirilishi, uning o‘rniga mehmonxona va avtomobillar uchun avtoturargoh qurilishi mumkin, deyiladi tungi iqtisodiyotni rivojlantirish to‘g‘risidagi qaror loyihasida.

Institut Toshkent viloyatidagi Tashkent Pharma Park hududiga ko‘chirilishi rejalashtirilgan. Universitet o‘rnida besh yulduzli mehmonxona va 1000 o‘rinli avtoturargoh qurmoqchi. Keyinchalik bino davlat mulkiga o‘tkaziladi. Ta’kidlash joizki, institut 1937-yil 16-iyulda tashkil etilgan. Asosiy o‘quv binosi “Oybek” metro bekati yaqinida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yuzlab “kecha-kunduz ishlaydigan” ko‘chalar paydo bo‘lishi mumkin. Hokimliklarda “tungi iqtisodiyot menejerlari” lavozimini joriy etish taklif qilindi. “Kecha-kunduz” ishlaydigan ko‘chalardagi obyektlar ikki toifaga bo‘linadi. Ularning bir qismi juma, shanba va yakshanba kunlari 24 soat, boshqalari har kuni soat 9:00 dan 3:00 gacha ishlaydi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная