O‘zbekiston

Toshkentda bir oyga ko‘cha yopiladi va ikkita avtobus yo‘nalishi o‘zgartiriladi

Bunga issiq suv ta’minoti quvurlarini almashtirish ishlari sabab bo‘ladi.

Фото: Ситуативное

Toshkentda ta’mirlash ishlari tufayli bir oy davomida transport harakati cheklanadi, shuningdek, bir nechta avtobuslar yo‘nalishi o‘zgartiriladi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 19-iyuldan 18-avgustga qadar Sergeli tumani Obihayot ko‘chasida avtotransport vositalari harakati qisman to‘xtatiladi. Bunga issiq suv ta’minoti quvurlarini almashtirish ishlari sabab bo‘ladi. Shu munosabat bilan bir nechta avtobus yo‘nalishlarining harakatlanish sxemasi vaqtincha o‘zgaradi:

  • 184-sonli yo‘nalish “Sergeli yarmarka” bekatigacha qisqartiriladi;
  • 40 va 143-sonli yo‘nalishlar Yangi Sergeli yo‘li – So‘g‘diyona – Jaloyir – Obihayot ko‘chalari bo‘ylab (yopilmagan qismi bo‘yicha) aylanma yo‘nalishga yo‘naltiriladi.

Poytaxt aholisi va mehmonlariga harakat yo‘nalishini oldindan rejalashtirish va ehtimoliy kechikishlarni hisobga olish tavsiya etildi.

Avvalroq Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi bir oyga yopilishi haqida xabar berilgandi. Harakatni cheklash yer osti o‘tish joyi qurilishi bilan bog‘liq.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная