Toshkentda gastronomik festival tufayli bir nechta ko‘chalar yopiladi
Transport uchun cheklov to‘rt kun amal qiladi.

Toshkent shahrining Taras Shevchenko ko‘chasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan bayram tadbiri munosabati bilan 4 kunga ikkita ko‘chani transport harakati uchun yopish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiylar 16-oktyabr soat 16:00 dan 20 oktyabr soat 07:00 gacha ko‘chalarni yopishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, cheklovlarga Taras Shevchenko ko‘chasida bo‘lib o‘tadigan gastronomik-ko‘ngilochar festival sabab bo‘ladi. Ko‘chalarning quyidagi qismlarini yopish rejalashtirilgan:
- Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi bilan kesishmasidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
- Said Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi bilan kesishgan joyidan Amir Temur shohko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Avvalroq Toshkentda deyarli bir oyga yo‘l yopilishi haqida xabar berilgan edi. Mutaxassislar infratuzilmani rekonstruksiya qilish bilan shug‘ullanadi.
Izohlar