Toshkentda ta’mirlash ishlari tufayli KXAYning bir qismi vaqtincha yopiladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 21-noyabr kuni soat 20:00 dan 24-noyabr kuni soat 06:00 ga qadar Uchtepa tumanidagi KXAY uchastkasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan KXAYning Beshqayrag‘och ko‘chasidan Foziltepa ko‘chasigacha bo‘lgan qismida harakatlanishning bir tomoni yopiladi.

Poytaxt aholisi va mehmonlaridan ushbu davrda aylanma yo‘nalishlardan foydalanish so‘raldi.

Avvalroq Andijon viloyatida yangi pullik yo‘l paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Loyihani xitoylik hamkorlar ko‘magida amalga oshirishmoqchi.