O‘zbekiston

Toshkentda ayrim avtobuslar harakati o‘zgaradi

Aholidan uzr so‘ralib, safarlarni oldindan rejalashtirish so‘raldi.

Фото: Ситуативное

Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasida davom etayotgan ishlar sababli ayrim avtobuslar yo‘nalishini o‘zgartirdi, deb xabar bermoqda poytaxt Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar Grand Mir mehmonxonasidan Bobur ko‘chasigacha bo‘lgan qismda avtobuslar harakatini o‘zgartirgan. Xususan, endilikda ushbu yo‘nalishda 18, 38, 58, 81-sonli avtobuslar bir tomonlama harakatlanadi.

Shahar markazi yo‘nalishida yo‘nalishlar quyidagicha o‘zgardi:

  • 18-yo‘nalish: Bobur — Nukus — Mirobod ko‘chalari bo‘ylab;
  • 38-yo‘nalish: Muqimiy — Nukus — Oybek ko‘chalari bo‘ylab;
  • 58-yo‘nalish: Bobur — Nukus — Oybek ko‘chalari bo‘ylab.

Boshqa yo‘nalishlarda ham o‘zgarishlar yuz berdi:

  • 57, 98-sonli yo‘nalishlar: Yusuf Xos Hojib — Bobur ko‘chalari bo‘ylab;
  • 67-yo‘nalish: Oybek — Shahrisabz — Mirobod — Nukus ko‘chalari bo‘ylab (har ikki yo‘nalishda);
  • 81-yo‘nalish (Qo‘yliq bozori tomon): Yusuf Xos Hojib — Bobur ko‘chalari bo‘ylab;
  • 2, 12, 40, 45, 80, 94, 127-sonli yo‘nalishlar: Muqimiy ko‘chasining Bobur ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan qismi bo‘yicha.

Shuningdek, ta’mirlash ishlari tufayli tirbandliklar yuzaga kelishi, yo‘l oralig‘i va vaqti uzayishi mumkinligi, shu munosabat bilan yo‘lovchilar, shahar aholisi va mehmonlaridan uzr so‘ralib, sayohatlarni oldindan rejalashtirish so‘ralgan.

Avvalroq Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasi tunu kun ishlaydigan gastronomik ko‘chaga aylantirilishi haqida xabar berilgandi. Ayni paytda hududda infratuzilma yangilanib, qulay va xavfsiz piyodalar yo‘laklari barpo etilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная