Toshkentda avtobuslarda minglab chiptasizlar aniqlandi
Yo‘lovchilar jarimaga qaramay, “quyon” kabi harakatlanishda davom etmoqda.

Mart-sentyabr oylarida Toshkentda avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamaganlik uchun 6182 kishi jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Chiptasiz yurish holatlari transport inspektorlarining reydlari davomida aniqlanmoqda. Jarima bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi — 41,2 ming so‘mni tashkil etadi.
Transport sohasida nazorat inspeksiyasi Toshkent shahar jamoat transportini monitoring qilish va nazorat qilish davlat muassasasi bilan hamkorlikda poytaxt avtobuslarida chiptasiz harakatlanish holatlarini aniqlashga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlarini davom ettirmoqda, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyidan avgust oyigacha bo‘lgan yetti oy ichida to‘rt mingdan sal ko‘proq qoidabuzar aniqlangan. O‘tgan bir yarim oy davomida ikki mingdan ortiq «quyon» aniqlandi. Takroriy qoidabuzarliklar bo‘yicha statistika keltirilmaydi.
Avvalroq Toshkentda tungi avtobuslarni yo‘lga qo‘yish ma’qullangani haqida xabar berilgandi. Yo‘l haqi kunduzgi yo‘nalishlardan farq qilmaydi.
Izohlar