Toshkent yana ultrabinafsha nurlanish bilan qoplanadi
Aholiga tig‘iz vaqtlarda uyda qolish tavsiya qilindi.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 29-iyul kuni Toshkent kuchli ultrabinafsha nurlanish bilan qoplanadi.
Ultrabinafsha nurlanishning eng yuqori cho‘qqisi 13:00 ga to‘g‘ri keladi va 15:00 ga yaqin pasayadi. Intensivlik 10 ballni tashkil etadi, bu ultrabinafsha nurlanishning “o‘ta xavfli sinfi” bo‘ladi. Xizmat mutaxassislari aholiga soya qidirishni va bino ichida bo‘lishni tavsiya qildi.

30-iyul kuni ultrabinafsha nurlanish intensivligi ham 10 ballni tashkil etadi. Cho‘qqi yana 13:00 atrofida bo‘ladi. Mutaxassislar quyoshda bo‘lmaslikni va imkon qadar himoya kremidan foydalanishni maslahat berishdi.
Avvalroq O‘zbekistonda dam olish kunlari salqin havo saqlanib qolishi haqida xabar berilgandi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Izohlar