O‘zbekiston

Toshkent viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

Bunga qadar Abduvosit Abdurazzoqov Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Toshkent viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan polkovnik Abdurazzaqov Abduvosit Abdulxayevich Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu lavozimda u Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan Tohir Aripov o‘rnini egalladi.

Ushbu tayinlovga qadar Abduvosit Abdurazzoqov Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining boshlig‘i o‘rinbosari hamda Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan edi, deb xabar qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, IIV pensionerlarni mahallalarda jinoyatchilikning oldini olishga tayinlamoqchi. Nomzodlar faqat organlarda ish tajribasiga ega bo‘lgan taqdirdagina ko‘rib chiqiladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная