O‘zbekiston

Toshkent metrosining eng gavjum bekatida hojatxona paydo bo‘ldi

Yana oltita bekatda ona va bola xonalari, hojatxonalar qurilishi rejalashtirilgan.

“Paxtakor” metro bekatida ona va bola xonalari, hojatxona ish boshladi, deya xabar bermoqda Metropoliten matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, xonalar zamonaviy uslubda qurilgan. Bundan tashqari, “Amir Temur” metro bekatida ham shunday inshoot qurilishi yakuniy bosqichda bo‘lib, tez orada foydalanishga topshiriladi. Yana 6 ta metro bekatida ona va bola xonalari, hojatxonalar qurilishi rejalashtirilgan.

“Metropoliten yo‘lovchilarga qulaylik yaratish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida bu kabi loyihalarni muntazam ravishda amalga oshirib kelmoqda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropolitenining yangi yo‘nalishi qurilishining boshlanish sanasi ma’lum bo‘lgandi. Loyihani 2026-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная