O‘zbekiston

Toshkent maktablarida robototexnika va VR kabinetlarini yaratish bo‘yicha tajriba boshlanadi

Test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng tashabbusni boshqa muassasalarga kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Фото: Ситуативное

Toshkentda tajriba doirasida ayrim umumta’lim maktablarida “Toshkent tajribasi” loyihasi ishga tushiriladi. Bu loyiha nafaqat o‘quv muassasalarini, balki butun ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan bo‘ladi. Bu haqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtdagi 12 ta maktabda sinfxonalarni ta’mirlash, shuningdek, robototexnika va VR xonalarini tashkil etish, fizika, kimyo, biologiya laboratoriyalari, shuningdek, informatika sinflarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, bolalar uchun sport anjomlari, yangi kitoblar va ko‘rgazmali qurollar sotib olish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, hokimiyat u yerga o‘qituvchilarni tanlov asosida tanlab olish va darslarni ilg‘or metodikalar bo‘yicha o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bunda ularning ishlari o‘quvchilarning qiziqish darajasi va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga qarab baholanadi. Ushbu mezonlar asosida KPI tizimi ham joriy etiladi.

Ushbu maktablarda o‘quvchilar bilimini baholash PISA, TIMSS, PIRLS kabi zamonaviy metodikalar bo‘yicha ham o‘tkaziladi, shuningdek, hokimiyat STEAM-ta’lim standartlarini joriy etadi. Maktab o‘quvchilarining ovqatlanishi tuman byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi. Loyiha quyidagi tumanlardagi maktablarni qamrab oladi:

  • Bektemir tumani – №358 maktab;
  • Mirobod tumani – №154;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani – №121;
  • Olmazor tumani – №16;
  • Sergeli – №266;
  • Uchtepa – №4;
  • Chilonzor – №200;
  • Shayxontohur – №84;
  • Yunusobod – №88;
  • Yakkasaroy – №73;
  • Yangihayot – №332;
  • Yashnobod – №339.

“Toshkent tajribasi” loyihasi maktab ta’limi tizimini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quvchilarning chuqur bilim olishi, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi va oliy ta’lim muassasalariga sifatli tayyorgarlik ko‘rishi uchun keng imkoniyatlar yaratishi rejalashtirilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari jismoniy ma’lumotlari bo‘yicha sport turini tanlashi haqida xabar berilgan edi. Bu bilan maxsus tizim shug‘ullanadi, u bolaning qayerda o‘zini ko‘rsatishi mumkinligini aytib beradi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная