Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 7-iyul kuni Toshkent kuchli ultrabinafsha nurlanish bilan qoplanadi.
Ultrabinafsha nurlanishning eng yuqori cho‘qqisi soat 12:00 ga to‘g‘ri keladi va 15:00 ga yaqin pasayadi. Intensivlik 10 ballni tashkil etadi. Xizmat mutaxassislari aholiga soya qidirishni va bino ichida bo‘lishni tavsiya qildi.

8-iyul kuni ultrabinafsha nurlanish intensivligi ham 10 ballni tashkil etadi. Cho‘qqi yana 12:00 atrofida bo‘ladi va 14:00 gacha pasayadi. Mutaxassislar quyoshda bo‘lmaslikni va imkon qadar himoya kremidan foydalanishni maslahat berishdi.
Mavzuga doir: Xavfli quyosh — FVV o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi. Issiqning jiddiy oqibatlari soyada ham odamga yetib borishi mumkin.





















