O‘zbekiston

Soyada 45 darajagacha changli issiq — 6-iyul ob-havosi haqida qisqacha

Rekord darajadagi qizdirishdan keyin harorat biroz pasayadi.

6-iyul kuni O‘zbekiston bo‘yicha chang-to‘zonli issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-27°, kunduzi 39-41° bo‘ladi.

Hududlar bo‘yicha ob-havo:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° issiq;
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 36-41° bo‘ladi;
  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 40-45° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° bo‘ladi.

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Avvalroq Toshkent so‘nggi 157 yildagi eng issiq 4-iyulni boshdan kechirgani haqida xabar berilgandi. Mutlaq rekordga 1 daraja yetmay qolgan. Issiq havoning kirib kelishi 2-iyul kuni Afg‘oniston va Turkmaniston hududlaridan boshlandi, bu vaqt ichida eng yuqori havo harorati Navoiy viloyati cho‘llarida qayd etildi — soyada 47 daraja.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная