O‘zbekiston

Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Xitoy rahbari davlat rahbarini Shanxay hamkorlik tashkilotining Tyanszin sammitida kutib olishdan mamnun bo‘lishini aytdi.

24-iyul kuni Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi, deya xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Xitoy rahbari Xitoy—O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgani, o‘rtada samarali amaliy aloqalar va do‘stlikni yuksak qadrlashini ta’kidladi. Bundan tashqari, u davlat rahbarini Shanxay hamkorlik tashkilotining Tyanszin sammitida kutib olishdan mamnun bo‘lishini aytdi.

“Yaqinda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy—Markaziy Osiyo” ikkinchi sammitida Siz bilan muzokaralar o‘tkazib, Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi har qanday sharoitda ham strategik sheriklik munosabatlarini yangi davrda rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilab oldik. Men Xitoy—O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qarataman hamda o‘rtamizda qaror topgan samarali amaliy aloqalar va do‘stlikni yuksak qadrlayman. Shanxay hamkorlik tashkilotining Tyanszin sammitida hamda Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi urushidagi Gʻalabasi va Fashizmga qarshi jahon urushidagi Gʻalabasining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etayotganingiz munosabati bilan Sizni Xitoyda qutlashdan mamnunman. Sizga mustahkam sog‘lik va farovonlik tilayman!” — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin ham Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagandi. Rossiya prezidenti davlat rahbariga mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная