O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi

Prezident viloyatdagi namunaviy loyihalar bilan tanishib, yangi yo‘nalish va vazifalarni belgilab beradi.

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish uchun 16-sentyabr kuni Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi.

Matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 8 yil ichida Namanganga 7 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar jalb qilingan. Shuningdek, viloyatda 8 mingga yaqin yangi korxona ishga tushirildi. Qishloq xo‘jaligi, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalari jadal rivojlanib, hudud aholisi uchun yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Davlat rahbarining tashrifidan ko‘zlangan maqsad — namunaviy loyihalar bilan tanishish, yangi yo‘nalish va vazifalarni belgilab olish. Dasturda qurilish obyektlari, sanoat, energetika, agrar va suv xo‘jaligi korxonalari, shuningdek, ijtimoiy muassasalarga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Prezident “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumida ham ishtirok etadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная