13-dekabr kuni O‘zbekistonda salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin, tog‘li hududlarda qor yog‘adi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Toshkentda kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol g‘arbiy yo‘nalishga o‘zgarib, 5-10 m/s tezlikda esadi. Kechasi harorat 5-7° iliq, kunduzi 9-11° iliq bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
  • Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin.Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin.Sharqiy shamol g‘arbga o‘tib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Tunda harorat 2-7° issiq, kunduzi 6-11° issiq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin.Sharqiy shamol g‘arbga o‘zgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Tunda havo harorati 4-9° issiq, kunduzi 11-16° issiq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechqurunga borib ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushish ehtimoli bor. Sharqiy shamol g‘arbiy yo‘nalishga o‘tib, 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 1-6° issiq, kunduzi 6-11° issiq bo‘ladi.
  • Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.