Raqobat qo‘mitasi chakana savdo tarmoqlariga Yangi yil bayrami arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash muhimligini eslatdi.

Yangi yil bayrami arafasida talab yuqori bo‘lgan davrda ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan chakana savdo tarmoqlariga xabarnomalar yuborildi. Ularda yetkazib beruvchilar tomonidan narxlarning ehtimoliy o‘zgarishlari, shuningdek, logistika xarajatlarining oshishi to‘g‘risida qo‘mitaga tezkor xabar berish zarurligi ko‘rsatilgan.

Savdo tarmoqlariga yetkazib beruvchilarni narxlarni asossiz oshirishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirish topshirildi, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlarga Yangi yil arafasida soxta chegirmalar uchun jazo tayinlanishi eslatib o‘tilgandi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi chegirma bilan sotilayotgan mahsulot xaridorlarining qanday huquqlarga ega ekanini ma’lum qildi.