Prezident elchixonalar va bosh konsulxonalarni eksportni ko‘paytirishga faolroq ko‘maklashishga chaqirdi
2025-yilda meva-sabzavot eksportining 80 foizi atigi 5 ta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shavkat Mirziyoyev xorijiy elchixonalar va bosh konsulxonalarni eksportni ko‘paytirishga faolroq ko‘maklashishga chaqirdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 2025-yilda meva-sabzavot eksportining 80 foizi beshta davlat — Rossiya, Pokiston, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi. 2024-yilga nisbatan Janubiy Koreya, Vengriya, Malayziya, Polsha va Qozog‘istonga eksport kamaygan. Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Yaponiya, Hindiston va Qatarga eksport kutilganidek emas.
Elchixonalardagi savdo maslahatchilarining bu boradagi faolligi pastligi qayd etildi. Elchilarga eksportchi korxonalar bilan birga ishlab, ularga bozor topish, ko‘rgazmalar tashkil etish, savdo uylari va omborlar tashkil etish, mahsulotlariga sertifikat olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga doir: Anomal issiq va anomal sovuq tushunchalari odatiy holga aylandi — prezident. Davlat rahbari hokimlarga ob-havo sharoitini niqoblamaslik bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shavkat Mirziyoyev hozirgi sharoitda har bir eksport bozori mamlakat uchun nihoyatda muhimligini ta’kidladi.
Izohlar