O‘zbekiston

Prezident AOKAni tugatdi

Uning asosida yangi tashkilot tuziladi.

O‘zbekistonda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyati tugatilib, uning negizida Milliy kontentni ishlab chiqarish markazi tashkil etiladi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, endilikda barcha normativ-huquqiy hujjatlar va loyihalar olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlar tavsiyalarini inobatga olgan holda, Prezident Administratsiyasi huzuridagi tahliliy institutlarning ilmiy tadqiqotlari asosida ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, asosiy yo‘nalishlarni amalga oshirish loyiha ofislari orqali amalga oshiriladi. Administratsiya faoliyatiga shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash va korrupsiyaning oldini olishga yordam beradigan komplayens tizimi joriy etiladi. Alohida yo‘nalishlar bo‘yicha Prezident vakillari lavozimlari ta’sis etiladi.

AOKA tugatiladi va uning negizida Milliy kontentni ishlab chiqarish markazi tashkil etiladi. Shuningdek, hokimiyat davlat organlarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshiradi. Matbuot kotiblari instituti kuchaytirilib, xalq bilan muloqot, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная