O‘zbekiston

Pirotexnikaga yana bir taqiq: o‘zbekistonliklarga faqat bengal chiroqlari va tort uchun mushakbozlik qoldiriladi

Deputatlar jarohat va zararni istisno qilish uchun odatiy usuldan foydalanishga qaror qildi.

Фото: Ситуативное

15-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, unda deputatlar “O‘zbekiston hududida pirotexnika buyumlarining muomalada bo‘lishi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

Hujjat bilan pirotexnikaning “xavfli turlari”ni yaratish, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish butunlay taqiqlanadi, ularning muomalasiga faqat texnik va maxsus maqsadlarda ruxsat beriladi. Masalan, Mustaqillik bayrami munosabati bilan salyut berish uchun.

O‘zbekiston aholisi uchun pirotexnikaning “alohida turlari”ni ishlab chiqarish va muomalaga kiritish imkoniyati qoldiriladi, ulardan deputatlar kichik zararlanish zonasiga ega bengal chiroqlari, shuningdek, tortlar va bayram dasturxonini bezash uchun mushakbozliklarni sanab o‘tdilar. Ular uchun amaldagi tartib saqlab qolinadi.

Pirotexnika muomalasini qat’iylashtirish sabablaridan biri — sifatsiz, sertifikatlanmagan va noqonuniy olib kirilgan, haqiqatan ham qo‘llanilishi xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning sotilishiga chek qo‘yishdir. Biroq, aynan yalpi tartibga solish va taqiqlash siyosati pirotexnika qora bozorining ko‘payishiga olib keldi, bu yerda hech qanday tartibga solish yo‘q. Huquq-tartibot idoralari xodimlari har yili milliardlab so‘mlik kontrabandaning oldini oladi, aholi esa kelib chiqishi shubhali pirotexnikadan foydalanishda davom etmoqda.

Yana bir sabab — deputatlar aholi salomatligi haqida qayg‘urishdi. Aftidan, o‘zbekistonliklar salyutni ayanchli oqibatlarsiz boshlay olmaydi, deb hisoblashadi. Ehtimoliy jarohatlar va moddiy zararning oldini olish uchun xalq vakillari taqiqlash siyosatini davom ettirishga qaror qilishdi.

Mavzuga doir: Jarohatlar, karlik, plastik operatsiyalar: Sog‘liqni saqlash vazirligi pirotexnika oqibatlari haqida ma’lumot berdi. Kutilmagan baland tovush ba’zi odamlarni o‘limga olib kelishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная