Parlamentdagi muxolifatning huquqlari kengaytirildi
Fraksiyalarga qonun loyihasining yoki uning ayrim qismlarining muqobil variantini kiritishga ruxsat berildi.

O‘zbekistonda parlamentda muxolifatning kafolatlangan huquqlari kengaytiriladi, deb xabar berdi Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, endilikda parlamentda o‘zini muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyalariga qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgunga qadar ayni shu masala bo‘yicha qonun loyihasi yoki uning tarkibiy qismlarining muqobil variantini kiritish uchun qo‘shimcha huquq beriladi.
Bundan tashqari, fraksiya vakillari bir nafar qo‘mita raisi va Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisining ikki nafar o‘rinbosari lavozimlarini egallashi, shuningdek, har chorakda “hukumat soati” doirasida masala va parlament so‘rovi kiritishi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonda parlamentda muxolifat huquqlari to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqilishi haqida xabar berilgandi. Buning uchun xorij tajribasi o‘rganiladi.
Izohlar