13 Avgust 2024, 08:17 Oʻzbekiston, Sport

Parij Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi

Milliy Olimpiya Qo‘mitasi binosida Olimpiadada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarga uy, mashina va pul mukofotlari topshirildi.

Parij Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi

Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qilgan yozgi Olimpiada bahslari o‘z yakuniga yetdi.

Olimpiya bahslarida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston delegatsiyasi vatanimizga qaytib keldi.

Milliy Olimpiya Qo‘mitasi binosida Olimpiadada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar uchun 8 ta Tahoe (chempionlarga) hamda 5 ta BYD Song Plus Champion (kumush va bronza medali sohiblariga) avtomobillari sovg‘a qilindi.

Shuningdek, chempionlarga prezident sovg‘asi sifatida uy ham berildi.

Oltin medal sohiblariga:

  • 200 ming AQSH dollari;
  • Tahoe avtomobili;
  • 2 qavatli kottedj.

Kumush medal sohiblariga:

  • 100 ming AQSh dollari;
  • BYD Song Plus EV Champion avtomobili;
  • Uy.

Bronza medali sohiblariga:

  • 50 ming AQSh dollari;
  • BYD Song Plus DM-i Champion avtomobili;
  • Uy.

Mashhur yangiliklar