Bokschi Sitora Turdibekovaga uy sovg‘a qilindi
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida erkak ekani aytilgan bokschiga qarshi jang qilgan Sitora Turdibekovaga 1 xonali uy berildi.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi Sitora Turdibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtiroki uchun tumanida 1 xonali uy va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bulung‘ur hokimligi matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, xonadon hokimlik mablag‘lari hisobidan emas, balki tadbirkor tomonidan hadya qilingan. Tuman ma’muriyati sportchi va uning murabbiyiga esdalik sovg‘alari berish bilan cheklangan.
Musobaqa juda yaxshi o‘tdi. Yashi tayyorgarlik ko‘rib, natija qilish uchun borgan edik, ammo nasib qilmadi. Xudo xohlasa, keyingi musobaqalarda natija qilamiz, degan umiddamiz, dedi sportchi.
Bokschi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida 57 kg vazn toifasida ilk bahsini kongolik Marselat Sakobi Matshuni bilan o‘tkazib, uni 3:2 hisobida yenggan. So‘ngra 1/8 finalda ikki karra jahon chempioni Xitoy Taypeyi vakili Lin Yu Tingga qarshi jang qilgan, biroq imkoniyatni boy berib (5:0), Olimpiadadagi ishtirokini yakunlagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Bektemir Meliqo‘ziyev keyingi oyda ringga ko‘tariladi Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inouega “vizov” tashladi Isroil Madrimov keyingi jangi ham kamar uchun bo‘lishini aytdi Bahodir Jalolov WBC reytingida 3 pog‘ona ko‘tarildi Qozogʻiston boks boʻyicha milliy jamoaning barcha murabbiylarini vasifasidan ozod qildi