Tojikiston fuqarolari Rossiyaga bormaslikka chaqirildi
Tojikiston o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etdi.
Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi oʻz fuqarolariga Rossiyaga safar qilishdan vaqtincha tiyilishni tavsiya etdi.
Rossiya Federatsiyasi hududidagi quruqlik va havo oʻtkazish punktlarida xorijiy fuqarolarning davlat chegarasi orqali kirib kelishi ustidan kuchaytirilgan nazorat rejimi davom etayotganligini hisobga olib, Tojikiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Tojikiston Respublikasi fuqarolariga vaqtinchalik Rossiya Federatsiyasiga sayohat qilishdan tiyilishni tavsiya etadi, deyiladi bayonotda.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning 27-aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya chegarasida “chegaradan oʻtayotgan shaxslarning fuqaroligidan qatʻi nazar” amalga oshiriladigan “tekshiruv tadbirlarini” eʻlon qilgan edi. Ushbu tadbirlar Moskvadagi Crocus City Hall konsert zalida sodir boʻlgan terrorchilik harakatidan keyin kuchaytirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik goʻdak Oʻzbekistonga qaytarildi Rossiyada ichida gandbol muxlislari bo‘lgan avtobus yonib ketdi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi murojaat bilan chiqdi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak tanishini o‘ldirib, jasadini bo‘lakladi