Bahodir Jalolovning Olimpiadadagi ishtiroki tanqidlarga sabab bo‘lmoqda
Amerikalik sobiq jahon chempioni Shakur Stivenson Bahodir Jalolovning Olimpiadadagi ishtirokini keskin qoraladi.
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlari kumush medali sovrindori, amerikalik Shakur Stivenson professional bokschilarning Olimpiadadagi chiqishiga qarshi chiqdi.
2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi birdaniga beshta oltin medalni qo‘lga kiritib, boks bo‘yicha musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Musobaqada ishtirokchilarining 4 nafari, jumladan, terma jamoa yetakchisi Bahodir Jalolov ham professional boksda ishtirok etadi.
Sobiq jahon chempioni professional boksda ishtirok etayotgan sportchilarning Olimpiadada ishtirok etishini yaxshi tajriba emasligini ta’kidladi.
AQSH bunga qarshi kurashni boshlashi kerak, xanjarni xanjar bilan urib tushiriladi. Ular professional bokschilarga Olimpiadada qatnashishlariga ruxsat berishi kerak. Ammo mening o‘zim bu imkoniyatni rad etardim, chunki men uch raund jang qilishni yomon ko‘raman. Bu juda tez, deya WorldBoxingNews.net Shakurning so‘zlarini keltiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonlik bokschilarning imzosi tushirilgan qo‘lqoplar auksionda sotildi Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini fevralda o‘tkazishi mumkin Bahodir Jalolov boks bo‘yicha milliy terma jamoa sardorligidan ketdi Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovning harbiy unvonlari muddatidan oldin ko‘tarildi