Qozogʻiston boks boʻyicha milliy jamoaning barcha murabbiylarini vasifasidan ozod qildi
Bu mahalliy sportchilarning mazkur yoʻnalishda Parijdagi omadsizligi bilan bogʻliqligi taxmin qilinmoqda.
Qozogʻiston boks boʻyicha erkaklar terma jamoaning barcha murabbiylarini lavozimidan ozod qildi. Bu haqda “Tengri News” xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Qozogʻistonda boks boʻyicha erkaklar terma jamoasi murabbiylar shtabi ishdan butunlay chetlatilgan va bu qaror Qozogʻiston boks federatsiyasi qarori Sport qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan.
Shu tariqa, Bosh murabbiy Mirzagali Aytjanov va murabbiylar shtabi tarkibidan 10 nafar mutaxassis hamda Qozogʻiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti Aziz Kojambetov oʻz lavozimini tark etdi.
Boks boʻyicha Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy Tursingali Edilov esa boks federatsiyasi prezidenti maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.
Yangi murabbiylar shtabi hozircha toʻliq tarkibda maʼlum emas. Mazkur qarorlar katta ehtimol bilan Parij Olimpiadasidagi muvaffaqiyatsizliklar bilan bogʻliq.
Qayd etish kerakki, qoʻshnilarimizning Parijdagi medallari bir kumush va bir bronzadan iborat. Kumush medalni 24 yoshli Nurbek Oralbay, bronzani esa Nozim Qizaybay olib kelgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Bektemir Meliqo‘ziyev keyingi oyda ringga ko‘tariladi Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi Samarqandda fuqaroni Qozogʻistondagi OTMga oʻqishga kiritib qoʻyishini aytgan shaxs ushlandi Aqtoʻbeda o‘z ichki organlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi Qozog‘istonda qor yog‘ishi kutilmoqda