YIning O‘zbekistondagi yangi elchisi o‘z vazifasiga kirishdi
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi elchisi Toyvo Klaar ish boshladi.
O‘zbekiston TIVda Yevropa Ittifoqi yangi elchisi Toyvo Klaarning ishonch yorliqlari nusxalari qabul qilib olindi. Bu haqda vazirlik rahbari Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Uning yozishicha, mamlakat hukumati Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi yaqin aloqalarni sezilarli natijalar bilan boyitgan holda hissa qo‘shish tarafdori.
Bugungi uchrashuvimiz kun tartibidan hamkorlikni mustahkamlash va dolzarb global masalalar o‘rin oldi. Ishonchimiz komilki, janob elchining tajribasi va mintaqamiz bo‘yicha keng bilimi uning mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi samarali bo‘lishiga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.
Elchi Toyvo Klaar 9-sentabr kuni o‘z vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar bermoqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi saytida. 2017-yildan beri u Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkaz va Gruziyadagi inqiroz bo‘yicha maxsus vakili lavozimida ishlagan.
Toyvo Klaar Garvard universiteti va Jon Kennedi nomidagi Davlat boshqaruvi maktabida davlat boshqaruvi magistri darajasini olgan. Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi ta’kidlaganidek, u katta diplomatik tajribaga ega.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston va Bagama orollari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi Oʻzbekiston yana bir Afrika davlati bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi O‘zbekiston Burundi bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari O‘zbekistonga keladi