Termizdagi “zapravka”larga vaqtincha gaz yetkazib berilmaydi
Termiz shahri va tumanidagi gaz “zapravka”larga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.
Termiz shahri va Termiz tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi, deya xabar berdi “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Termiz shahri va Termiz tumanida joylashgan AGTKShlarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Termiz Sanoat tarmog‘i”ga GRS dan chiqish qismida kollektoriga keluvchi gaz quvurida o‘rnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilma (regulyator)da nosozlik yuzaga kelgan.
Hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish yuzasidan barcha choralar ko‘rilmoqda, nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishini va AGTKSHlarga belgilangan tartibda bir maromda tabiiy gaz ta’minoti yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Poytaxtning ikki tumani vaqtincha gazsiz qoladi Davron Kabulovning otasi qariyb 345 mln so‘m jarimaga tortildi Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanganlar davlatga 5,5 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi Boysun konidagi portlashda 11 kishi jarohat olgani ma’lum bo‘ldi Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi