O‘zbekiston

OTM imtihonlari bo‘yicha onlayn apellyatsiya arizalarini qanday topshirish mumkin?

Arizalarni ko‘rib chiqish 21-avgustdan boshlanadi.

Фото: Ситуативное

15-avgustdan 24-avgustgacha abituriyentlar OTMlarga kirish imtihonlari bo‘yicha onlayn apellyatsiya arizalarini yuborishlari mumkin bo‘ladi, deb xabar beradi Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati.

Arizani my.uzbmb.uz rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuborish mumkin. Apellyatsiya berish uchun test sinovlarida qatnashish va imtihondan chetlatilmaslik kerak. Barcha ariza beruvchilarga ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnomalar yuboriladi.

Belgilangan vaqtda abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligiga yoki ko‘rsatilgan joyga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan kelishlari lozim. Apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish 21-avgustdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval OTMlarga kirish uchun o‘tkazilgan tanlov natijalari ma’lum bo‘lgandi. Abituriyentlar o‘z ballarini uch xil usulda bilib olishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная